Jumladan, oʻtgan hafta qadimiy va hamisha navqiron azim kent SHHT sammitiga mezbonlik qilgani bois butun dunyo jamoatchiligi diqqat markazida boʻlgan boʻlsa, shu hafta oʻtkaziladigan yirik sport musobaqasi – suzish boʻyicha Osiyo chempionati sabab yana jahon sport ixlosmandlari eʼtiborida boʻladi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, 22-24-sentyabr kunlari Samarqanddagi ochiq havzada suzish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.
Mamlakatimizda birinchi bor oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada 14 mamlakatdan 45 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Bellashuvlarda terma jamoamiz sharafini 4 nafar erkak va 3 nafar ayol, jami 7 sportchi himoya qiladi. Reglamentga koʻra, bahslar 5 va 10 kilometr masofalarga suzish boʻyicha tashkil etiladi.