Samarqand viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Toyloq tumanidagi “E.L” xususiy korxonasi rahbari Sh.L. jamiyatga qarashli novvoyxonadagi 7 ta tandirlarni tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 760 mln. soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat boʻyicha Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.