Ayniqsa, kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash maqsadida joylarda tadbirkorlikka oʻqish istagini bildirgan aholining ishsiz qatlamini mahallabay, xonadonbay ishlash mexanizmi asosida tadbirkorlikka oʻqitish oʻquv kurslarini tashkil etilayotganligi ishlarning amaliy natijasi boʻlmoqda.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatining tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni va 2020-yil 26-mart PQ 4653-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-sonli qarorlariga asosan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyat filiali tomonidan “Aholini (yoshlar va xotin-qizlar) tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish”, “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni moʻljallangan aholi qatlamlari uchun” va “Tadbirkorlarni biznesni boshqarish va rivojlantirish koʻnikmalariga oʻqitish” mavzusida bepul oʻquv kurslar tashkil etilmoqda.

Joriy yil boshidan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Samarqand viloyat filiali tomonidan jami 13 ta oʻquv kurslari tashkil etilib ushbu kurslarga 460 nafar asosan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda aholining tadbirkorlikka oʻqish istagini bildirgan aholining qiziquvchi qatlami jalb etildi.

Oʻtkazilgan oʻquv kurslari mutlaqo bepul ravishda amalga oshirilib, unda kasb-hunar maktabida egallagan kasbi boʻyicha oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish arafasida yurgan yoshlarga biznes rejani ishlab chiqishdavlat reyestridan oʻtkazish, bankda oʻz hisob varaqalarini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar va sertifikat boʻyicha atroflicha maʼlumot berilmoqda.

Oʻtkazilgan oʻquv kurslari mutlaqo bepul ravishda amalga oshirilib, unda kasb-hunar maktabida egallagan kasbi boʻyicha oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish arafasida yurgan yoshlarga biznes rejani ishlab chiqishdavlat reyestridan oʻtkazish, bankda oʻz hisob varaqalarini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar boʻyicha atroflicha maʼlumot berildi.

Q.Maʼrupov,

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Samarqand viloyat filiali rahbari