Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.G.” MCHJ Samarqand filiali haydovchi-ekspeditorlari F.S. va M.N. oʻzaro til biriktirib MCHJga tegishli kolbasa va pishloq mahsulotlarini naqd pul va plastik kartalari orqali sotib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan jami 1,7 mlrd soʻmni oʻzlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.