Ular 34 yoshli Najmiddin H.,ning bir dona “Nokia” rusumli va bir dona “Novey” rusumli qoʻl telefon apparatlari hamda 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, mazkur talonchilik jinoyatini fuqarolar 38 yoshli Oʻlmas Dj.,, 41 yoshli Sanjar N., 21 yoshli Sultonbek X., 31 yoshli Abdullo N., 37 yoshli Shaxnoza R., (ayol) 34 yoshli Halimova Dilshoda (ayol), lar sodir etganligi aniqlangan.
Ulardan 1000 AQSH dollari, bir dona “Nokia” rusumli va bir dona “Novey” rusumli qoʻl telefon apparatlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarkand tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, holat boʻyicha soʻroq qilinganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti