Jinoyat ishi materiallariga koʻra, Samarqand shahri va Samarqand tumanida yashovchi jamoatning 11 nafar aʼzolari bir guruhga birlashib, fuqarolarni yuborishni koʻzlab, Suriyaga “jihod” qilish maqsadida internet ijtimoiy tarmoqlarida virtual guruh tuzgan.
Jamoat faol tarzda yoshlarni guruhga jalb qilish bilan shugʻullanib, terroristik tashkilotlarning gʻoyaviy rahnamolarini murojaat va chaqiriqlari aks etgan internet tarmogʻidan olingan materiallarni Samarqand shahridagi oshxona va internet-kafelarda muhokama qilib kelgan.
Natijada, jamoat aʼzolari ekstremistik gʻoyalar taʼsirida Suriyadagi jangarilar safiga qoʻshilishni maqsad qilgan.
Yuqoridagi virtual jamoatning faol aʼzolariga nisbatan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.