Samarqandda “Tersak” turizm qishlogʻi tashkil etiladi

    Samarqand viloyati Urgut tumanida masʼullar tomonidan “Tersak” turizm qishlogʻini tashkil etish boʻyicha mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.  

    Uchrashuvlarda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan 40 ga yaqin xonadon sohiblarining kredit, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanish, soliq, yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, elektr-energiya hamda mobil aloqa sifatini yaxshilashga doir muammo va takliflari yuzasidan birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

    Urgut tumanining Qoratepa suv ombori hududida tashabbuskor tomonidan tashkil etilayotgan loyiha qiymati 2 mln. dollar miqdoridagi turizm rekreatsion zonasida mehmonlarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida kempinglar qurish ishlari boshlangani hamda belgilangan muddatlarda ishga tushirilishi taʼkidlab oʻtildi.