Unda bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bu yil Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan shifokorlar oʻrtasida alohida tanlovlar eʼlon qilingan edi. Kasb bayrami arafasida ana shu tanlovlar gʻoliblari taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi shifokori” nominatsiyasiga viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokori Ulugʻbek Salomov sazovor boʻldi. “Yilning eng yaxshi tibbiyot muassasasi” tanlovi gʻolibligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga nasib etdi.