Samarqandda “Tracker”, “Nexia-2” va traktor ishtirokida YTH sodir boʻldi

    Holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 3- oktyabr kuni soat 21:00da Payariq tumani “Tomoyrot” MFY hududidan oʻtuvchi 4R-48 avtomobil yoʻlining 25 km.da “Tracker”, “Nexia-2” rusumli avtotransport vositalari va traktor tirkamasi bilan YTH sodir boʻldi.

    YTH oqibatda “Nexia-2” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.