Ushbu kompleks toʻligʻicha Samarqand shahrining turistik salohiyatini oshirishga yoʻnaltiriladi. Majmua 212 gektar maydonni egallagan. Mehmonxona nomerlarining umumiy soni esa 1190 tani tashkil etishi kutilmoqda.

Samarqand turizm markazi hududida eski Samarqand qiyofasini takrorlaydigan “Abadiy shahar” tarixiy majmuasi ham mavjud.

Turistik markazdan M39 asosiy avtomagistraligacha olib chiqadigan parallel yoʻl quriladi. Majmua hududidan oqib oʻtuvchi kanaldan tarixiy hududga olib boradigan yoʻl ham ochiladi. Samarqandning eski qismida joylashgan sunʼiy koʻl ham sayyohlar eʼtiborini tortadigan yana bir obyekt hisoblanadi.

Turistik markaz uchun jalb qilingan 4000 dan ortiq mutaxassislardan ishchi xodimlar - 3678 kishini, muhandislar va texniklar - 322 kishini, shundan mahalliy aholi vakillari - 3600 kishini, chet ellik mutaxassilar - 400 kishini tashkil etmoqda. Texnik resurslar soni esa 500 tadan ortiq.