Samarqandda xalqaro arxeologiya maktabi ish boshladi

    Unda 10 dan ziyod davlatdan kelgan yosh tadqiqotchi ishtirok etmoqda.

    Samarqandda xalqaro arxeologiya maktabi ish boshladi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.

    Xalqaro arxeologiya maktabining navbatdagi bosqichi Buxoro va Samarqand shahrida oʻtkazish rejalashtirilgan.

    Samarqand arxeologiya instituti, Ipak yoʻli turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand va Buxoro davlat universitetlari koʻmagida tashkil etilgan maktab faoliyatida 10 dan ziyod davlatlardan kelgan yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqdalar.

    Maʻlumot uchun, ushbu maktab Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti, A.X. Xalikov nomidagi Arxeologiya instituti (Tatariston, Rossiya), Qozon federal universiteti va Bulgʻor davlat tarixiy meʻmoriy muzey qoʻriqxonasi tomonidan anʻanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxoroda IX xalqaro arxeologiya yozgi maktabi ish boshlagandi. Ushbu yozgi maktab 2 bosqichdan iborat boʻlib, 1-bosqich 15-28-avgust kunlari Bolgar davlat tarixiy-meʻmorchilik muzey-qoʻriqxonasida boʻlib oʻtgan. Oʻzbekistonda 12-25-sentyabr kunlari 2-bosqichga oid tadbirlar oʻtkaziladi.