Maʼlum qilinishicha, qurilish 2023-yilda boshlanadi. Unda yengil va yuk avtomobillariga xizmat koʻrsatish shoxobchalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot punkti va Duty free doʻkoni ochiladi.

Shuningdek, avtovokzal shahar jamoat transporti, shaharlararo avtobuslarga xizmat koʻrsatadi. U Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Afgʻonistondan xalqaro yoʻnalishlarni bogʻlashi mumkin.