Shuningdek, qarorga koʻra:

➖ Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;

➖ Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahar, Amir Temur koʻchasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;

➖ kelgusi yillarda Filial uchun qoʻshimcha oʻquv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;

➖ Samarqand viloyati hokimligi Filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor- oʻqituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan taʼminlaydi.