Samarqandda Yandex Go xizmati ishga tushirildi

    Transport 20 Yanvar 2022 937

    Bugun, 20-yanvarda Samarqandda Yandex Go ishga tushdi. Xizmat narxi 2 500 soʻmdan boshlanadi. Masalan, “Makon Mall” savdo-koʻngilochar markazidan Gur-Amir maqbarasiga yetib borish taxminan 3 400 soʻm, Registon maydonidan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻigacha boʻlgan masofa taxminan 3 300 soʻmga tushadi.

    “Endi Samarqand shahri aholisi va mehmonlari koʻchada mashina ushlash yoki qoʻngʻiroq qilish uchun vaqt sarflashning hojati yoʻq. Shu bilan birga, telefon ekranida barcha kerakli maʼlumotlar, masalan, avtomobilning modeli va raqami, chiqish vaqti kelganida darhol koʻrinadi. Sayohat maʼlumotlari ilovada saqlanadi, qoʻllab-quvvatlash xizmati ham mavjud boʻlib, u haftada yetti kun va bayram kunlari ishlaydi”, — deya sharhlaydi Yandex Goning Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirish boʻyicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.

    Samarqandda sayohatning aniq narxi avtomobilga buyurtma berish vaqtida foydalanuvchilarga maʼlum – buning uchun arizaga koʻzda tutilgan manzilni kiritish lozim. Yoʻl taʼmiri tufayli haydovchi marshrutdan chetga chiqishiga toʻgʻri kelsa ham, narx oʻzgarmaydi. Siz xizmat haqini naqd pulda toʻlashingiz mumkin.

    Yandex Go oʻz texnologiyalaridan foydalanadi: xaritalar, yoʻnalishlarni belgilash, navigatsiya va aqlli buyurtma tarqatish tizimi.

    Maʼlumot uchun: Yandex Go Oʻzbekistonda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan. Xizmat Samarqanddan tashqari yana Toshkent, Fargʻona, Margʻilon, Namangan va Andijon kabi beshta shaharda ishlaydi. Yandex Goning oʻz haydovchilari va mashinalari yoʻq. Xizmat mahalliy tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi. Bepul ilova IOS va Android uchun oʻzbek, rus va boshqa koʻplab tillarda mavjud.