Samarqand shahridagi Shirin mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oqib oʻtuvchi Oqdaryo ustida yangi koʻprikning qurilib, foydalanishga topshirilishi Samarqand shahri kuni uchun munosib tuhfa boʻldi.

“Samarqand yoʻllardan muntazam foydalanish unitar korxonasi” tomonidan 3,5 milliard soʻm mablagʻ evaziga bunyod etilgan koʻprikning uzunligi 90 metr, eni 7,5 metr tashkil etib, ushbu inshoot 100 tonnagacha yuk koʻtarish imkoniyatiga ega.

Koʻprik atrofi obodonlashtirib, manzarali daraxtlar hamda gullar bilan bezatildi, deb xabar beradi Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati.