Samarqand viloyati Nurobod tumanining olis hududi hisoblangan Chorvador mahallasi, Mehr qishlogʻi hududida “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan yangi 35/10 kV “Olgʻa“ podstansiya qurilayotganligi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, yakuniy qurilish va montaj ishlari olib borilib, yangi podstansiya foydalanishga topshirildi.
Foydalanishga topshirilgan ushbu yangi podstansiya tumanning Olgʻa, Chorvador, Oʻrtaboʻz, Ittifoq mahallalaridagi 2500 dan ortiq xonadon ahlining uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashi va hududda koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratilishiga xizmat qiladi.