Samarqandda yangi sayyohlik obyekti yaratiladi

    Turizm 28 Sentabr 2020 2509

    Samarqandning sayyohlik salohiyatini ommalashtirish maqsadida shu kunlarda Narpay koʻchasida «Family Park» innovatsion bogʻining keng koʻlamli qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. 

    Park hududida muz saroyi, koʻp funksional savdo-koʻngilochar, oilaviy dam olish va sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, okeanarium va boshqalar faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 57,0 mlrd soʻmni tashkil etadi.

    Loyihaning amalga oshirilishi 150 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratish imkonini beradi. Ushbu loyiha 2021-yilda foydalanishga topshirilishi belgilangan. “Family park” nafaqat mahalliy aholi uchun, balki Samarqandga kelayotgan xorijlik sayyohlar uchun ham qiziqarli dam olish maskaniga aylanadi.

    Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmat