Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda MAN yuk mashinasi yonmoqda, degan videolar tarqaldi. Mutasaddilar ushbu video bo'yicha rasmiy munosabat berdi.
Ma'lum bo'lishicha, bugun, 18-aprel kuni soat 15:14da Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o'tuvchi M-37 avtomobil yo'lining 16 kilometrida harakatlanib ketayotgan fuqaro I.B. boshqaruvida bo'lgan SHACMAN rusumli yuk avtomobilida yong'in sodir bo'lgan. Va bu haqida viloyat FVBga xabar berilgan.
Xabarga ko'ra, voqea joyiga 2 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 15:28 da etib borib, yong'in soat 15:46 da o'chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo'lganlar yo'q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong'inning kelib chiqish sababi va zarari anqlanmoqda.