Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat shu yilning 4-oktyabr kuni tungi soat 23:20 atrofida tumanning “Iskandariy” mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R46 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. “GAZ53” haydovchisi qayrilib olish mumkin boʻlmagan joydan qayrilib olayotganda toʻgʻridan kelayotgan “VAZ2103” rusumli avtotransport vositachi kelib urulishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.
YTH oqibatda “Jiguli” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok boʻlgan.
Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.