Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 120 ming yevro miqdoridagi zamonaviy kitoblar, darsliklar hamda dasturiy ta’minotlar investitsion grant asosida taqdim etiladi.
Shuningdek, kutubxona fondida Markaziy Osiyoda ilk bor sun’iy intellektga oid kitoblar jamlanadi. Kelgusida esa mazkur maskanda to‘laqonli sun’iy intellekt laboratoriyasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Aqlli kutubxona Yoshlar kreativ shaharchasi hududida joylashadi. Loyiha davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur shaharchada amalga oshiriladi.
Loyiha tashabbuskorlaridan biri, xalqaro ekspert Muhammadxon Solievning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus har yili 20 mingdan ortiq samarqandlik yoshlarga zamonaviy kasblar, xorijiy tillar va bugungi kunda eng talab yuqori bo‘lgan sohalardan biri — sun’iy intellektni o‘rganish imkonini yaratadi.