Samarqanddagi 106 ta mahallada kasb-hunarga oʻqitish maskanlari boʻladi

    Ta'lim 3 Dekabr 2021 722

    Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori imzolandi.

    Qarorga koʻra, kasb-hunarga oʻqitish maskanlari fuqarolar yigʻinlari hududida joylashgan mahalla guzarlari hamda davlat tashkilotlarining foydalanilmayotgan boʻsh turgan bino va xonalariga joylashtiriladi.

    Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari tegishli tashkilotlar bilan ularni oʻrnatilgan tartibda taʼmirlab, oʻquv jarayoniga tayyorlashi, oʻquv asbob-uskunalari va jihozlari bilan jihozlashi belgilangan.

    Oʻqitish maskanlariga yuksak malaka, sohada koʻp yillik ish tajribasi va yuqori professional tayyorgarlikka ega mutaxassislar jalb qilinadi.

    Shuningdek, kasb-hunarga oʻqitish maskanlari oʻqituvchilari uchun xorijdan jalb etilgan oʻqituvchilar ishtirokida mahorat darslari oʻtkazib boriladi.