Yigʻilishda mamlakatimiz moddiy madaniy merosining koʻchmas mulk obyekti sifatida davlat muhofazasiga olinishi, arxeologik, arxitektura va turizm maskanlarining infratuzilmalarini rivojlantirish, monumental sanʼat asarlarini asrash masalalari muhokama qilindi.
Ilmiy ekspert kengashi arxitektura-qurilish sohasi mutaxassislari, sharqshunos, muzeyshunos hamda tarixchi olimlar, malakali restavratorlardan iborat.