Qayd etilishicha, shu yilning 25-iyun kuni soat 15:05 da Samarqand viloyati FVBga, Samarqand shahar, Spitamen shoh koʻchasida joylashgan skuterlar va avtomobil shinalarini sotish doʻkonida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yongʻinni oʻchirish uchun 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da voqea joyiga borgan va yongʻin 15:21 da oʻrab olinib, soat 15:46 da batamom oʻchirilgan.