Ichki ishlar vazirligi, Samarqand viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan ma'lumotlarga asosan tezkor tadbir o'tkazilgan.
Unga ko'ra, "Cobalt" rusumli mashina to'xtatilganda 25 yoshli Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi shaxs IIO xizmati kiyimida tushgan fotosurat mavjud bo'lgan soxta guvohnomasini YPX inspektorlariga taqdim etgan vaqtida qo'lga olingan.
Shuningdek, xizmat guvohnomasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.