8 iyun` kuni soat 4:00 larda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Patrul`-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin bo'linmasi xodimlari tomonidan IIVning 2019 yil 3 iyundagi “Respublikamizning viloyatlaridan Toshkent shahriga maxsus jihozlanmagan avtoulovlarda sifatsiz, iste'molga yaroqsiz go'sht va chorva mollarini kirib kelishini oldini olish to'g'risida”gi ko'rsatmasi talablari ijrosini ta'minlash maqsadida Zomin tumani hududida joylashgan «YAkkabog'»  YPX maskanida “Samarqand-Toshkent” yo'nalishi bo'yicha harakatlanib kelayotgan mashanani to'xtatishdi. 

1985 yilda tug'ilgan fuqaro M.Murotov boshqaruvida bo'lgan “ISUZU” rusumli avtomashina  tekshirilganda, avtomashina yukxonasida Samarqand viloyati Narpay tumani hududida joylashgan “NAGMATULLA QUDRATOV” fermer xo'jaligiga qarashli bo'lgan 1 710 kg qora mol go'shtlarini veterinariya ma'lumotnomasi va tekshiruv ekspertiza xulosasi bo'lmagan holda Toshkent shahri Hayvonot bog'iga olib ketayotganligi aniqlandi.

Go'shtlarni kasallik uyg'otuvchi omillar bor-yo'qligini tekshirtirish maqsadida xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

YUqoridagilarni inobatga olgan xolda ushbu qora mol go'shtlarini tekshiruv xulosasi yo'qligi sababli go'shtlarni kasallik uyg'otuvchi omillar bor-yo'qligini aniqlash uchun namunalar olinib, veterinariya va sanitariya laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi.

IIV Patrul`-post xizmati va

jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi