Qayd etilishicha, Samarqand shahri jamoat transporti tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 30 dona zamonaviy “Asia Star” rusumli avtobuslar olib kelindi.

Viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Samarqand hamkor trans“ MCHJ tomonidan olib kelingan ushbu avtobuslar tender tanlovlari orqali shahardagi avtobus yoʻnalishlariga brutto-shartnomasi asosida joylashtiriladi.