Samarqandga yangi avtobuslarning navbatdagi partiyasi olib kelindi

    Avtobuslar shahardagi avtobus yoʻnalishlariga brutto-shartnomasi asosida joylashtiriladi.

    Samarqand shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida 10 ta zamonaviy “Zhong Tong” avtobuslari olib kelindi.

    Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Maʼlum qilinishicha, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Navobod Trans” MCHJ tomonidan olib kelingan avtobuslar shahardagi avtobus yoʻnalishlariga brutto-shartnomasi asosida joylashtiriladi.