«Men 2025-yil 14-fevral kuni davlatimiz rahbarining biz kabi yoshlar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida yoshlarga xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o'rganish bo'yicha bergan tavsiyalaridan ilhomlanib, ingliz tilini mukammal o'rganishni boshladim. Maktabdan tashqari viloyatimizda tashkil etilgan qo'shimcha to'garaklarda ham qatnashdim.

Ustozim — O'zbekistonda birinchi bo'lib Cambridge universitetining DELTA diplomini qo'lga kiritgan Muhammadxon Soliev bilan nazariy va amaliy bilimlarimni mustahkamlab bordim. endilikda ota-onam, ustozlarim hamda hurmatli Prezidentimizning ishonchini oqlash, dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olib, Vatanimiz taraqqiyotiga o'z hissamni qo'shishni maqsad qilganman»,  deydi Alisherbek Qahramonov.