Deputatlar oʻz okrugidagi kamida 10 ta kambagʻal oila roʻyxatini shakllantiradi va bu xonadonlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishi, imtiyozli kredit ajratilishini nazoratga oladi. Ushbu mablagʻ hisobidan ularga yordam beradi.
Shuningdek, deputatlar kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha bajarilayotgan ishlar natijadorligini monitoring qilib, yoʻnalishlar kesimida oʻz takliflarini berishi taklif qilindi.
Avvalroq, Toshkent shahar Kengashi deputatlariga hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish uchun 2 mlrd soʻmdan ajratilgandi.