“Dunyo” AAning xabar berishicha, uchrashuvda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti va “Gimcheon High School” maktabi oʻrtasida Samarqand shahridagi kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun Janubiy Koreyadagi nufuzli maktabda uch yil davomida taʼlim olish imkoniyatini beruvchi hamkorlik memorandumi imzolangani haqida maʼlum qilindi.
Bu hamkorlik oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilariga xorijda taʼlim olish imkoniyatini beradi. Koreys, ingliz va matematika boʻyicha intensiv treningdan oʻtgan besh nafar nomzoddan uch nafari tanlov asosida “Gimcheon High School”ga oʻqish uchun qabul qilindi.
Maktab direktori oʻrinbosari Sung Ming Lining taʼkidlashicha, uch nafar oʻquvchiga Janubiy Koreyaga oʻqish, kitoblar, turar joy va aviachipta xarajatlari qoplanadigan stipendiya beriladi.
Uchrashuv yakunida tanlovning uch nafar gʻolibiga “Gimcheon High School” maktabida oʻqish huquqini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.