Samarqandning turizm imkoniyatlari Kanadada targʻib etilyapti

    Turizm 7 Noyabr 2023 1590

    Turizm qoʻmitasi tashabbusi bilan Samarqand shahrining turizm imkoniyatlarini dunyo boʻylab keng targʻib etish maqsadida Samarqand viloyati delegatsiyasi nufuzli “Montreal International Tourism and Travel Show – 2023” xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etyapti.

    Kanada davlatida boʻlib oʻtayotgan xalqaro tadbirda Samarqand viloyati delegatsiyasi viloyatga xorijiy sayyohlarni jalb etish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni taʼminlash maqsadida oʻz mahsulotlari va turistik xizmatlarini taqdim etyapti.

    Jumladan, delegatsiya aʼzolari xorijiy davlatlarning sayyohlik kompaniyalari hamda xorijiy mamlakatlar turizm idoralari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.

    Uchrashuvlar davomida xorijliklarga Samarqand viloyati turizm salohiyati, xalqaro aeroportining imkoniyatlari, turizm sohasida kadrlar tayyorlash yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar, sayyohlar uchun viloyatda yaratilgan ifratuzilma obyektlari hamda oʻzbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar berilyapti.

    Maʼlumot uchun, 33-marotaba tashkil etilayotgan “Montreal International Tourism and Travel Show – 2023” xalqaro turizm koʻrgazmasi Amerika qitʼasida tashkil etiladigan eng yirik turizm koʻrgazmalaridan biri hisoblanadi. Mazkur turizm koʻrgazmasida 100 dan ortiq mamlakatdan 50 000 nafarga yaqin turizm sohasi vakillari oʻz taqdimotlari bilan qatnashyapti, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.