Mazkur qoʻshimcha poyezdlar “Ramazon Hayiti” bayrami munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qoʻyilmoqda.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

IZOH: Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib oʻtamiz, chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz