Musobaqa yakuniga koʻra, sambochilarimiz 9 ta medal bilan qaytadigan boʻlishdi. Cportchilarimiz turnir davomida 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Jahon kubogida quyidagi sportchilarimiz sovrindor boʻlishdi:
Oltin:
-58 kg: Bahodir Bakiyev (jangovar sambo)
-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov (sportcha sambo)
Kumush:
-64 kg: Homidjon Moʻminov (sportcha sambo)
-98 kg: Dilshod Choriyev (sportcha sambo)
+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)
-50 kg: Sabina Davlatova (sportcha sambo)
+98 kg: Husniddin Husanov (sportcha sambo)
-64 kg: Oybek Soliyev (sportcha sambo)
Bronza:
-79 kg: Sherzodbek Ismoilov (jangovar sambo).
Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz musobaqada umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Bu borada birinchi oʻrinni Rossiya, uchinchi oʻrinni esa Qirgʻiziston terma jamoalari band etishdi. Jangovar sambochilarimiz esa Rossiya va Qozogʻistondan soʻng umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi.