Yigʻilishda Qurilish vazirining oʻrinbosari Oʻktam Toʻrayev, Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Bekzod Rahmatullayev, institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Jamoaga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-avgustdagi qarori bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlangan turkiyalik malakali mutaxassis Chidem Djanbay Turkyilmaz xonim tanishtirildi.
– Biz jamoa bilan taʼlim sifatini, ilmiy darajalarni oshirishga qaratsak bu bizning birinchi qadamimiz boʻladi. Ishonchim komilki, hammamiz yurakdan mehnat qilamiz va ushbu jamoadagi har bir professor-oʻqituvchi hamda boshqaruv xodimlari bilan birgalikda uddalaymiz, – dedi Chidem Djanbay Turkyilmaz.