SamDTI prorektori E.Tangirovning maʼlum qilishicha, Samarqand davlat tibbiyot institutiga Urgut tumanidagi 36 ta maktab biriktirilgan. Qayd etilishicha, Urgut tumani hokimi B. Jabborov va SamDTI rektori J.Rizayev hamkorligida ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi”ga koʻra, institutning tajribali professor-oʻqituvchilari maktablarda oʻqituvchilar soni, shtat birligi, maktablarning sigʻimi, mavjud oʻquvchilar soni, bitiruvchilarning OTMlarga oʻqishga kirishiga alohida eʼtibor qaratadi.
Bundan tashqari, maktablarning isitilishi, kutubxona va laboratoriya xonalarining holati oʻrganiladi. Taʼkidlanishicha, maktablarning moddiy texnika bazasini yana-da yaxshilash uchun ularning 18 tasiga 60 dona kompyuter begʻaraz taqdim etilgan. Maktablarda taʼlim sifatini oshirish maqsadida yetakchi soha mutaxassislari va kafedralar mudirlari har hafta bir marta ochiq darslar, chorshanba kuni “Kimyo va biologiya” fanlari boʻyicha oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishi belgilangan.