Samolyot 3-may kuni tushga yaqin Xyustondan Atlantaga uchishi kerak edi. Aeroport xodimlari samolyot qanotida juda ko'p hasharotlar borligini payqashdi, natijada parvoz bir necha soatga kechiktirildi. Qutqaruvchilar va asalarichilar havo bandargohiga chaqirildi, biroq havo kemasini tozalashga bo'lgan urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi.
Shu munosabat bilan aviakompaniya uchish-qo'nish yo'lagini boshqa avialaynerga bo'shatib berishga qaror qildi. Uchuvchi samolyotning dvigatellarini ishga tushirishi bilan hasharotlar uchib ketdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.