“Samsung Heavy Industries” kompaniyasi 2025-yili 800 nafar oʻzbekistonlikni ishga olmoqchi

    Migratsiya agentligining taklifiga asosan “Samsung Heavy Industries” kompaniyasining Global inson resurslarini boshqarish boʻyicha rahbari Jinho Bae Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

    Bu haqda Migratsiya agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Agentlikda boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng 2025-yilda oʻzbekistonlik 800 nafargacha malakali mutaxassislarni Ye-7 vizasi asosida mamlakatimizda tayyorlab, “Samsung Heavy Industries” kompaniyasida yuqori daromadli ish bilan taʼminlashga kelishib olindi.

    Maʼlumot uchun:

    “Ye-7 — malakali mutaxassislarning Koreyada faoliyat yuritishi uchun 3-yilgacha muddatga beriladigan koʻp martali viza”