Amalga oshirilgan havo hujum oqibatida bortida Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus bo'lgan Yamanning Sana aeroportidagi samolyotdan bir necha metr uzoqlikda binolarlarga zarar yetdi, bir ekipaj a'zosi yaralandi, dedi JSST rahbari ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq Sana aeroportidagi manbalar RIA Novosti agentligiga JSST rahbari Isroilning havo hujumlari vaqtida Yaman poytaxti Sana xalqaro aeroportida bo'lganini ma'lum qilgandi.
“Taxminan ikki soat oldin, Sanadan o'zimizning reysimizga chiqmoqchi bo'lganimizda, aeroport bombardimon qilindi. Samolyotimiz ekipaj a'zolaridan biri yaralandi. Aeroportda kamida ikki kishi halok bo'lgani xabar qilindi. Havo harakatini boshqarish minorasi, jo'nab ketish zali – biz turgan joydan atigi bir necha metr narida – uchish-qo'nish yo'lagiga zarar yetgan”, deyiladi nashrda.
Uning aniqlik kiritishicha, BMT delegatsiyasi a'zolaridan hech kim jabrlanmagan, deb xabar beradi ria.ru.