Asrlar davomida ulug' shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san'at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e'tibor qozongan.
Kecha o'zbek milliy maqom san'atining etuk namoyondasi, uning rivojiga ulkan hissa qo'shgan san'at darg'asi Yunus Rajabiy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan maqom yo'llarida ijod qiluvchi ustoz san'atkorlar, maqomshunoslar buyuk ijodkorning uy-muzeyida bo'lishdi.
Ustoz xotirasiga Qur'on tilovat qilinib, ularning qoldirgan boy merosi, hayot yo'llari haqida iliq xotiralar bilan o'rtoqlashishdi.