ertaga, 18 may kuni www.12symbols.uz platformasida o'rin oladigan ko'rgazmada O'zbekiston san'at muzeylarining durdonalari, Londondagi "Teyt" galereyasidan, Venaning Belveder, Madriddagi Reina Sofiya muzeylaridan olingan noyob asarlar namoyish etiladi.

ekspozitsiyada o'zbekistonlik hamda Evropaning Klimt va Salvador Dalidan boshlab shu kungacha bo'lgan san'at ustalarining eng nodir asarlari o'rin oladi.

 — Bu asarlar o'zaro g'ayrioddiy tarzda bog'langan, — deydi Madaniyat vazirligi muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i SHahlo Abdullaeva. — Evropa Ittifoqi va O'zbekiston bayroqlaridagi 12 ta yulduz ramziy ma'noga ega. SHuning uchun ko'rgazma mavzusi - san'atdagi 12 ta universal ramz: nuqta, doira, uchburchak, kvadrat, xoch, sakkizburchak, besh burchakli yulduz, kub, geksagram, yurak, piramida va spiraldir. Tomoshabin ko'rgazmadan o'rin olgan san'at asarlarini tomosha qilar ekan, har biri haqida suhbatlashish, ularning ma'nosini o'rganishga harakat qiladi!

 ertadan boshlab, 12 ta ramz va ko'rgazma mavzusiga bag'ishlangan “Mening ramzim” nomli onlayn tanlov marafoni ham ish boshlaydi.