Tanlovda Toshkent shahridagi 12-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining xoreografiya boʻlimi oʻquvchilari Shaxzoda Pirnazarova 1-oʻrin, Anetta Ginnatullina, Abdullayeva Eʼzoza 2-oʻrin hamda “Jemchujina vostoka” raqs guruhi 1-oʻringa ega boʻlishdi.

Chilonzor tuman 15-bolalar musiqa va sanʼat maktabining tasviriy sanʼat boʻlimi 2-sinf oʻquvchisi Dyomin Yegor ham ishtirok etib, “I darajali laureat“ diplomi bilan taqdirlandi, hamda 2022-yil 15-17-dekabr kunlari Moskvada boʻlib oʻtadigan ”Parad zvyozd" Xalqaro tanloviga imtiyozli taklifnomani qoʻlga kiritdi , deb xabar beryapti Madaniyat vazirligi matbuot xizmati