Soxta “SES” xodimlari “Bir yil davomida dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya ishlarini amalga oshirib beramiz, shu bilan birga sizlarni yil davomida hech qanday tekshiruvchi kelib bezovta qilmaydi” degan vaj bilan soxta hujjatlarni ko‘rsatib, tadbirkorlarni aldab, pul undirib yurishibdi.
Hurmatli tadbirkorlar! Rasm va videoda ko‘rsatilgan “soxta SES xodimlari” Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Dezinfeksiya stansiyasi va tuman hududiy bo‘limlarida faoliyat yuritmasligini ma’lum qilamiz.
Eslatma:
Yuqoridagi ko‘ngilsiz holatga duch kelsangiz, avvalo zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan fuqarolardan:
xizmat guvohnomasi;
qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi;
zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishingizga asos so‘rashga haqli ekanligingizni unutmang.
Siz talab qilgan ma’lumotlar berishdan bo‘yin tovlagan firibgarlarga aldanib qolmang.
Shuningdek, tadbirkorlardan yuqoridagi vaj asosida ushbu shaxslar murojaat qilganda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 78 8880101 (050) Ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqamiga yoki Toshkent shahar IIB va hududiy bo‘limlariga zudlik bilan xabar berishingizni so‘raymiz", — deyiladi Sanepidxizmat murojaatida.