“Sanfa products” linoleumlari jahon bozorini egallamoqda

    Sanoat 25 Iyun 2020 2916

    O'rta CHirchiq tumanidagi “Sanfa products” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bugungi kungacha qariyb 6 million kvadrat metrdan ziyod linoleum pol qoplamalari ishlab chiqarildi.

    Ayni paytda jamiyatda tayyorlanayotgan mahsulotlar yurtimiz ichki bozori ehtiyojining aksariyat qismini qondirmoqda. Korxonaning eksport salohiyati ham yildan-yilga ortib bormoqda. Bugungi kunda uning jahon talablariga javob beradigan qurilish materiallari Markaziy Osiyo respublikalari bilan birga, xorij davlatlariga ham eksport qilinyapti.

    O'tgan yili 3 million 600 ming dollar qiymatidagi linoleumlar eksport qilindi. Bu yil esa mazkur ko'rsatkichni bundanda oshirish rejalashtirilmoqda. SHuningdek, 5 ta muhim tashabbus doirasida mamlakatimizda bunyod etilayotgan sport binolari uchun ham linoleumlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Hozir bunday materiallar Rossiya va Ozarbayjonga eksportga jo'natilyapti. 2020-2021 yillarda ishlab chiqarish quvvatini 35 foizgacha ko'tarish asosiy maqsad qilib qo'yilgan.

    – Joriy yilda mahalliylashtirilgan yangi mahsulotlardan biri bu – transport vositalari uchun mo'ljallangan linoleumlar hisoblanadi, – deydi korxona menejeri Timur Akromov. – SHuni ta'kidlash lozimki, ilgari tayyorlanayotgan barcha materiallar mamlakatimizga chet davlatlardan, jumladan, Mustaqil davlatlar hamdo'stligi respublikalaridan import hisobiga olib kelinardi.

    Bugungi kunda pandemiya bo'lishiga qaramasdan korxonada 7 nafar xotin-qiz doimiy ishga jalb etilgan, ular yurtimizdagi mehmonxona va xostellar uchun mahalliylashtirilgan sintefon mahsulotidan yostiq hamda ko'rpa-to'shaklar tayyorlab, iste'molchilarga etkazib berilmoqda.

    Bundan tashqari, korxona tarkibidagi tsexda qurilishda keng foydalaniladigan marmar toshlarni qayta ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilgan. Bu bilan yoshlar ish bilan ta'minlanish bir birga, oilasi uchun daromad topish imkoniga ham ega bo'lishdi.

    Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, O'rta CHirchiq tumanidagi “Sanfa products” mas'uliyati cheklangan jamiyati 2009 yilda tashkil etilgan. Korxaning qurilish sohasi uchun zarur bo'lgan va import o'rnini bosuvchi, kengligi 2- 4 metrgacha linoleum pol qoplamalaridan zamonaviy uylarda foydalaniladi. SHuningdek, ular bunyod etilayotgan koridorlar, zal, maktab, oliy ta'lim yurtlari hamda tibbiyot muassasalariga ham to'shaladi.