2018-yilda imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan Sanjar Madrahimov Janubiy Koreyaning SOON CHUN HYANG universiteti PhD dasturiga qabul qilingan edi. U PhD dasturida oʻqish bilan birga koreys tilini ham oʻrgandi, tibbiyot boʻyicha malakaviy imtihonlar topshirdi.

Yurtimiz nufuzini jahon miqyosida yana bir bor yuqoriga koʻtargan talabamiz Sanjar Madrahimov bilan har qancha faxrlansak oz. U kelgusida respublikamiz ilm-fani rivojiga katta ulush qoʻshadi, deb umid qilamiz.