Uchrashuvda viloyat hokimi oʻrinbosari Shoxruh Isoqulov mehmonga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, bu kelgusida Sirdaryo viloyati hamda Sankt-Peterburg shahri oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Bunga javoban Yevgeniy Kassyura iliq va samimiy qabuldan mamnun ekanligini bildirib, Sirdaryoning bugungi kundagi eksport salohiyati, hududda investorlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan qiziqdi.

Shuningdek, Shoxruh Isoqulov viloyatda keyingi besh yilda amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatning joylashuvi jihatdan turizm va investitsiyaviy loyihalarni yoʻlga qoʻyishga qulayligi, sanoat, tibbiyot, madaniyat kabi sohalarda erishilayotgan yutuqlar haqida tushuncha berdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.