Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari ushbu mamlakatda boʻlib turibdi.
Delegatsiya aʼzolari Sankt-Peterburg shahridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasining hamda “Ishga marhamat” monomarkazining Moslashtirish markazi tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Markazda huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, chet tillarni oʻrganish kurslarini tashkil etish, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyati amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish, turli tadbir va seminarlar oʻtkazishga moʻljallangan.