Sankt-Peterburg –Toshkent va Moskva-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha charter reys amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻz Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020-yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi (Moskva, Sankt-Peterburg) shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini maʼlum qiladi”, - deyilgan xabarda.
Qoʻshimcha HY 3602 Moskva-Toshkent reysi 23, 24, 25, 30-sentyabr HY 3602 Sankt-Peterburg-Toshkent reysi reysi 25, 28, 30-sentyabr kuni amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun: Parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga ega boʻlgan Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari qoʻyiladi.