“Kommersant” gazetasining yozishicha, Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatining millatlararo munosabatlar qoʻmitasi rahbari Oleg Kapitanov migrantlar va ularning yashash joylarini kuzatish uchun shahar kameralarini oʻrnatish haqida maʼlum qilgan.
“Shahar hukumati yigʻilishida maʼruza qilar ekan, amaldor «xavfsiz shahar” axborot tizimining yangi funksiyasi – “Shaxsning yuzidan millatini aniqlash mexanizmi” haqida maʼlumot berdi, – deb yozgan gazeta. – Mexanizm “etnik anklavlarning shakllanishiga” qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan va “hududda ijtimoiy keskinlikning oldini olish boʻyicha oʻz vaqtida profilaktika choralarini” koʻrish imkonini beradi».
Qoʻmita rahbarining qoʻshimcha qilishicha, 8 mingta shahar videokameralari yangi funksiyalar bilan jihozlanadi. Qoʻmita “shaxslarning millatini aniqlash boʻyicha litsenziya sotib olish uchun” shartnoma tuzgan. Shuningdek, u 2024-yilda shahar aholisining 43 foizi millatlararo munosabatlar holatini ijobiy deb baholaganini, maʼmuriyat esa bu koʻrsatkich 60 foizdan yuqori boʻlishini kutayotganini taʼkidladi.
Qayd etilishicha, Prezident huzuridagi Inson huquqlari kengashi mansabdor shaxslarning kamera tasvirlari asosida etnik kelib chiqish masalasini koʻtarganini “inson qadr-qimmatini kamsituvchi” deb atayapti, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
“Rossiya pasportida shaxsning millati ham koʻrsatilmaydi. Endi esa birdaniga baʼzi videokameralar odamning qaysi millatga mansubligini aniqlaydi”, — dedi Inson huquqlari boʻyicha kengash rahbari Valeriy Fadeyev.