“Dunyo“ AAning xabar berishicha, yurtdoshimiz 2024-yil iyul oyida Rossiyaga vaqtincha ishlash maqsadida borgan.
Maʼlumotlarga koʻra, u Rossiya hududida qonuniy boʻlish uchun zarur boʻlgan patentini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yoʻqotib qoʻygan. Shu bois aniq ishga joylasha olmagan. Shuningdek oxirgi vaqtlarda hamyurtimiz kvartiraga toʻlov uchun pul yoʻqligi sababli koʻcha qolgan.
Bosh konsulxona diplomatlari vatandoshimizning yashash joyini aniqlab, unga Oʻzbekistonga yetib olishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berdi.