Muloqot chogʻida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va mazkur markaz oʻrtasida yaqin hamkorlik munosabatlari oʻrnatilgani eʼtirof etildi.

Oʻzbekiston vakillari mazkur markazda doimiy roʻyxatga olinmagan, ona-ona yoki qonuniy vakillari mavjud boʻlmagan bolalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Ushbu markazda ayni vaqtda Rossiya hududida boʻlish tartibini buzgan fuqarolar farzandlari, ona-ona yoki qonuniy vakillari mavjud boʻlmagan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar saqlanmoqda. Ular orasida 4 nafar oʻzbekistonlik bolalar ham bor.

Oʻtkazilgan muzokaralar natijasida vatandosh-bolajonlarni imkon qadar qisqa muddatlarda Oʻzbekistonga yuborish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Tashrif yakunida markaz rahbariyatiga bu yerda saqlanayotgan oʻzbekistonlik bolalarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik uchun minnatdorlik bildirildi, bolajonlarga Bosh konsulxona tomonidan turli sovgʻalar taqdim etildi.